Yaşam Hastaneler Gruhi Onkologiya Markazi Stajirovka Dasturi
Bo’lim:Tibbiy Onkologiya Rahbar: Prof. Dr. Hasan Shenol Jo’shqun mutaxassis Gokhan Karakaya
Mashg’ulot maqsadi:
Ushbu dastur tibbiy onkologiya bo'yicha joriy yangiliklarni qo’llagan holda stajyor shifokorlarning amaliy bilimlarini oshirishga qaratilgan. Bizning tibbiy onkologiya jamoamiz saratonni tizimli davolashda kimyoterapiya, immunoterapiya, maqsadli terapiya va gormonal davolash usullari bo'yicha boy tajribaga ega.
Asosiy davolash usullari:
- Kimyoterapiya (dorilar bilan davolash) - Immunoterapiya - Maqsadga yo'naltirilgan davolash - Gormonal davolash - Palliativ onkologik davolash usullari
Ushbu dastur davomida stajyor shifokorlar tibbiy onkologiya asoslari va diagnostika usullari haqida ko'proq ma’lumot oladi. Muolajalarni xaqiqiy bemorlarda kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
İntegratsiyalashgan onkologiya xizmatlari
Onkologiya markazi innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan. Bemorga yo'naltirilgan multidisiplinar yondashuv bilan saraton kasalligiga kompleks yordam ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Bizning maqsadimiz, integratsiyalashgan onkologiya xizmatini taqdim etish orqali bemorlarga yordam ko'rsatishni bir ust darajaga olib chiqishdir. Kasallikni davolash usullaridan tashqari, biz bemorlarimizning hayot sifatini yaxshilash haqida ham qayg'uramiz.
-Jismoniy reabilitatsiya - Ovqatlanish bo'yicha maslahat - Palliativ yordam - Qo’shimcha xizmat ko'rsatish dasturi
Multidisiplinar jamoa
Onkologiya markazimiz stajyor shifokorlarga multidisiplinar jamoa tomonidan qulay yondashuv asosida bemorlarning davolanishini yaqindan kuzatib borish imkoniyatini beradi.
- Tibbiy onkologiya - Radiatsion onkologiya - Nuklear tibbiyot - Intervension radiologiya - Onkogematologiya -Jarrohlik onkologiyasi - Ginekologik onkologiya - Radiologiya - Patologiya - Psixiatriya - Ichki kasalliklar shifokorlari - Jarrohlik bo'limi shifokorlari bemorlarimizni davolash jarayonlarida faol ishtirok etadilar.
Davomiyligi: 2 hafta Ishtirokchilar soni:2 shifokor Har bir ishtirokchi uchun o'qish to'lovi: 1500 USD
YAŞAM HASTANELER GRUBU ONKOLOGIYA MARKAZI STAJ DASTURI
*Dastur kuzatuvchi sifatida amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi. * Mashg'ulotlar haftaning ish kunlarida bo'ladi. *Mashg'ulotlar yakunida ishtirokchilarga YAŞAM HASTANELER GRUBU tomonidan sertifikat beriladi. * Paketga klinikaning oshxonasida tushlik kiritilgan. * O'qitish tili ingliz yoki turk tilida bo'ladi. * Paketga aeroport-mehmonxona va mehmonxona-aeroport transfer xizmati kiritilgan. * Bepul Wi-Fi-dan foydalanish. *Tanlangan o'qish davri kunlari kamida bir oy oldin belgilanishi kerak. * O'qish davri murabbiy shifokorlarning mavjudligiga qarab belgilanadi. *Mashg'ulotlarning kunlik rejasi murabbiy shifokorlar tomonidan belgilanadi va tartibga solinadi.