Yaşam Hastaneler Gruhi Onkologiya Markazi Stajirovka Dasturi
Bo’lim:Radiatsion Onkologiya Rahbar: Prof. Dr. Melek Gamze Aksu
Mashg’ulot maqsadi: Ushbu dastur nur terapiyasi bo'yicha joriy yangiliklarni qo’llagan holda stajyor shifokorlarning amaliy bilimlarini oshirishga qaratilgan. Bizning radiatsion onkologiya jamoamiz bemorlarni to’g’ri baholash va davolash uchun ilg'or texnologiyalar va innovatsion davolash usullaridan keng foydalanadi. Markazimizda qoʻllanilayotgan yuqori texnologiyali ELEKTA VERSA HD-HDRS Lineer Accelerator System yordamida oʻsma sohasiga eng toʻgʻri yoʻl bilan radioterapiya qoʻllaniladi, atrofdagi sog’lom toʻqimalarni himoya qilib, eng kam nojoʻya taʼsirlar bilan qulay davolash imkoniyatlarini taʼminlaydi.
ELEKTA VERSA HD-HDRS (2021 model) bilan foydalanadigan turli xil muolajalar quyidagilardir:
Ushbu dastur davomida stajyor shifokorlar radioterapiya asoslari va diagnostika usullari haqida ko'proq ma’lumot oladi. Muolajalarni xaqiqiy bemorlarda kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Dasturda bemorni immobilizatsiya qilish usullari, KT simulyatsiyasi, maqsadli hajm aniqlash, konturlash, rejani baholash va radioterapiya usullari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar beriladi.
İntegratsiyalashgan onkologiya xizmatlari
Onkologiya markazi innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan. Bemorga yo'naltirilgan multidisiplinar yondashuv bilan saraton kasalligiga kompleks yordam ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Bizning maqsadimiz, integratsiyalashgan onkologiya xizmatini taqdim etish orqali bemorlarga yordam ko'rsatishni bir ust darajaga olib chiqishdir. Kasallikni davolash usullaridan tashqari, biz bemorlarimizning hayot sifatini yaxshilash haqida ham qayg'uramiz.
- Jismoniy reabilitatsiya - Ovqatlanish bo'yicha maslahat - Palliativ yordam - Qo’shimcha xizmat ko'rsatish dasturi
Multidisiplinar jamoa
Onkologiya markazimiz stajyor shifokorlarga multidisiplinar jamoa tomonidan qulay yondashuv asosida bemorlarning davolanishini yaqindan kuzatib borish imkoniyatini beradi.
- Tibbiy onkologiya - Radiatsion onkologiya - Nuklear tibbiyot - Intervension radiologiya - Onkogematologiya -Jarrohlik onkologiyasi - Ginekologik onkologiya - Radiologiya - Patologiya - Psixiatriya - Ichki kasalliklar shifokorlari - Jarrohlik bo'limi shifokorlari bemorlarimizni davolash jarayonlarida faol ishtirok etadilar.
Davomiyligi: 2 hafta Ishtirokchilar soni:2 shifokor Har bir ishtirokchi uchun o'qish to'lovi: 1500 USD
YAŞAM HASTANELER GRUBU ONKOLOGIYA MARKAZI STAJ DASTURI
*Dastur kuzatuvchi sifatida amaliy mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi. * Mashg'ulotlar haftaning ish kunlarida bo'ladi. *Mashg'ulotlar yakunida ishtirokchilarga YAŞAM HASTANELER GRUBU tomonidan sertifikat beriladi. * Paketga klinikaning oshxonasida tushlik kiritilgan. * O'qitish tili ingliz yoki turk tilida bo'ladi. * Paketga aeroport-mehmonxona va mehmonxona-aeroport transfer xizmati kiritilgan. * Bepul Wi-Fi-dan foydalanish. *Tanlangan o'qish davri kunlari kamida bir oy oldin belgilanishi kerak. * O'qish davri murabbiy shifokorlarning mavjudligiga qarab belgilanadi. *Mashg'ulotlarning kunlik rejasi murabbiy shifokorlar tomonidan belgilanadi va tartibga solinadi.