O‘zbekistonda xususiy tibbiyot muassasalari soni har yili o‘rtacha 600-700 taga ortmoqda
Litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jaloliddin Asamutdinovning ta’kidlashicha, bugun O‘zbekistonda nodavlat tibbiyot sektori davlat sog‘liqni saqlash tizimi bilan teng raqobatga kirishgan. Natijada hozirga kelib, xususiy klinikalar davlat muassasalari sonidan ortib ketgan.
Jumladan, mamlakatda har yili xususiy tibbiyot tashkilotlari soni o‘rtacha 600-700 taga ko‘paymoqda.
Qolaversa, nodavlat sog‘liqni saqlash sektoriga davlat sug‘urta tizimida qatnashish imkoniyatining berilishi sohada yuqori texnologik tibbiy xizmatlar joriy qilinishini rag‘batlantira boshladi.
Bu esa o‘zining ijobiy samarasini berib, bugun 33 ta xususiy shifoxona davlat buyurtmasi asosida ijtimoiy himoyaga mutoj bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Qayd etilishicha, 2022-yilga qadar davlat biror marta xususiy sektordan tibbiy xizmatlarni sotib olmagan.